«Dollar ko'tarildi, narx-navolar oshdi», deya tashvish chekayotganlar o'qisin!..

0

Rizqing seni tashvishga solmasin!

Dollar ko'tarildi, narx-navolar oshdi. Lekin rizqimiz har narsaga qodir, rizq beruvchi – yagona bo'lgan Zotning qo'lidadir.

Salaflarning biriga: «Narx-navolar ko'tarilib ketdi», deyilganida, u kishi: «Istig'for bilan tushiringlar», degan ekan.

Bir a'robiyga: «Bir burda non bir dinor bo'libdi», deyildi. Shunda u kishi: «Allohga qasamki, bu meni tashvishga solmaydi. Agar bug'doyning bir donasi bir dinor bo'lsa ham, men Rabbim buyurganidek ibodat qilaveraman, U esa O'zi va'da qilganidek rizqimni yetkazaveradi», ― deb javob bergan ekan.

Odamlar Salama ibn Diynor rohimahullohning huzuriga kelishib: «Ey Abu Hazim, ko'rmaysizmi, narx-navolar ko'tarilib ketibdi», deyishganida, u kishi: «Bu sizlarni nega tashvishga solayapti? Bizga arzonchilikda rizq bergan Zot –  qimmatchilikda ham rizq beraveradi», deb javob bergan ekanlar…

«Ona mehri» guruhidan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here