Zulfiqor Musoqov: “Uyimga prokuraturadan xat keldi…” (Ikkinchi maqola)

0

“Bosh vazirning kinochilar bilan uchrashuvidan uch kun o'tib, ya'ni 31 oktyabrda mahallamiz uchastka noziri menga ikkita xat berdi. S'yomkaga shoshilayotgandim. Shu bois, nozir kechqurun kelaman, dedi.

Birinchi xatda “O'zbekkino”ning Ijro apparati rahbari Eldor Yo'ldoshevning imzosi turardi. Ikkinchisi esa o'sha, faqatgina direktorning tarafdorlaridan iborat Jamoat Kengashi a'zolarining prokuraturaga yozgan arizasi edi. Emishki, men ularni o'z postimda haqorat qilibman. Mana, men yozgan matnning aynan o'sha xafa bo'lganlarga daxldor qismi:

“Skolko nesusvetnoy gluposti, otkrovennoy zlobы i vreditelstva prishlos perejit etoy rabote. 16 vsyakix obsujdeniy, pridirok, obvineniy chert znaet v chem so storonы agressivno glupыx lyudey. Gotovыx rasterzat v klochya lyubogo, tolko za to,chto chelovek imeet sobstvennoe mnenie. Eti podonki ob'yedenы tolko odnim — lojyu i gotovnostyu zavtra je predavat drug druga, samopiarom i dengami, jal, chto poka oni reshayut v kabinetax sudbы uzbekskogo kino…”

Hay, mayli, ”podonki” (palidlar) so'zini “neporyadochnыe lyudi” so'ziga o'zgartirdim. Lekin ma'nosi baribir o'sha-ku! Qolaversa, qani bu yerda aniq ism-familiyalar? Kimni nazarda tutganman? “O'zbekkino” haqida bironta so'z yo'q-ku? Yoki gap egasini topdimi? Odam kulishni ham, yig'lashni ham bilmay qoldi.

Mening sha'nimni bulg'agan aniq insonlar ota-onasi ismini bir tiyinga sotib, troll niqobi ostida feyk va ig'vo uyushtirganida, yolg'on faktlarga asoslanib videorolik tayyorlaganlarida, nimagadir prokuratura ularni topa olmagan edi…

Uchrashuv oxirida Bosh vazir aniq, qisqa va dangal uch muhim fikrni aytdilar:

Birinchisi — oxirgi yillarda o'zbek kinosiga yetarlicha moddiy va ma'naviy yordam yetishmagani… Endi davlat bu yordamni ayamasligi…

Ikkinchisi — “kinoda biznes” degan tushuncha bizda bo'lmasligi…

Uchinchisi (bu gap aniq kinochilar rahbari F.Abduxaliqovga qarata aytildi) — “Boshliq bo'lganingizdan keyin, u odam sizga yoqadimi yoki yo'qmi, ishlashingiz shart. Kelishing va murosa qiling!”

Bu uchrashuv 28 oktyabr kuni bo'ldi. 31 oktyabrda esa uyimga shunaqa xat keldi… Bugun murosaga kelish shu tarzda o'tyapti…”

@platformauzb

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here