Keksa ayolning qilgan ishini ko'rgan ofitsiant qizning ko'zlari yoshlandi

0

Keksa ayol kafega kirdi. Ofitsiant qiz unga taomnoma keltirdi va nima buyurtma qilishini so'radi.Onaxon so'radi:

– Bir bo'lak tort qancha turadi?
– Uch yevro,- deya javob berdi ofitsiant.
Keksa ayol cho'ntagidan bir hovuch mayda-chuyda pul chiqardi va ohista sanay boshladi. So'ng yana so'radi:
– Bir bo'lak oddiy keks qancha?
Ofitsiant qiz ayolga g'azab bilan tikildi. Ko'p stolga qarashi kerak edi, shuning uchun biroz shoshayotgandi. Besabrlik bilan javob berdi:
– Ikki yevro..!!
– Yaxshi. Unda bir bo'lak oddiy keks olaman!- dedi onaxon.
Ofitsiant qiz jahl bilan keksni olib keldi va hisob varaqasini stol ustiga tashladi. Ketayotib “Qurumsoqlar” deya o'zicha g'udranib qo'ydi.

Keksa ayol shirinlikni yeb bo'lib ohista qo'zg'aldi. Pulni stol ustiga qo'yib, kafedan chiqdi. Ofitsiant qiz stolni tozalash uchun kelib, keksa ayolning bir yevro choychaqa tashlab ketganini ko'rdi. Ko'zlari yoshlandi. Ayol ofitsiant qizga choychaqa berish uchun oddiy keks yegandi. Lekin u onaxondan uzr so'rashga kechikkandi…

Dilfuza To'raboyeva

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here