O'g'lining hayotini saqlab qolgan shifokorning dardini tushunmagan ota

0

Jarroh kasalxonaga kirib keldi. Bemorni operatsiya qilishdan avval duo qildi. So'ngra amaliyot xonasiga kirib ketayotganda, kasal bolaning otasi jarrohga yuzlanib bor ovozi bilan:

– Nimaga kech qolasiz? O'g'limning hayoti xavf ostida bo'lsa, insofingiz bormi o'zi? – deb baqirib ketdi.

Doktor sovuq tabassum qilib, javob berdi:

– Iltimos, tinchlaning. Operatsiyani eson-omon tugatib olgunimcha meni duo qilib turing. Ishonchingiz komil bo'lsin. O'g'lingiz Allohning panohida.

Ota dedi:

– Aka, sizni uyaltirish niyatim yo'q. Agar sizning o'g'lingiz hayotidan judo bo'layotgan bir paytda tinchlangan bo'lardingizmi? Boshqalarga nasihat qilish bunchalar oson ish bo'lmasa!

Shifokor indamasdan operatsiya xonasiga kirib ketdi.

Ikki soatdan keyin shoshib chiqib, bemorning otasiga:

– Operatsiya muvaffaqiyatli o'tdi. Allohga beadad shukr. O'g'lingizning ahvoli juda ham yaxshi. Meni ma'zur tutasiz, boshqa boradigan joyim bor, – deb bemorning otasining hech qanday savolini ham tinglamasdan chiqib ketdi.

Shifokorga aytmoqchi bo'lgan gaplari ichida qolgan ota hamshiradan so'radi:

– Bunchalar mag'rur bo'lmasa bu doktor?

Shunda hamshira dedi:

– O'g'illari avtohalokatda nobud bo'lgandi. Shunga qaramasdan, o'g'lingizning ahvolini eshitgach, yo'q demasdan, tezda yetib keldilar. O'g'lingizning hayotini saqlab qolganlaridan keyin, vafot etgan o'g'lini dafn etish uchun yana shoshib ketdilar.

Shunday qalblar borki, ozor cheksa ham so'zlamaydi. Bir narsani bilmasdan turib hukm chiqarmang…

Niginabonu Ahmedova

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here