Xalq ta'limi vazirligi “o'quvchisini urgan o'qituvchi” haqidagi xabarlarga izoh berdi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda o'quvchini urayotgan o'qituvchining holati aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Vazirlik ushbu holat bo'yicha munosabat bildirdi.

Mazkur videoda aks etgan holat ancha oldin sodir bo'lganini o'quvchilarning barchasi niqobsiz ekanligidan ham anglash mumkin. Video qachon va qaysi maktabda sodir bo'lgani bo'yicha o'rganish ishlari olib borilmoqda” deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, agarda kimda mazkur holat bo'yicha aniq ma'lumot bo'lsa, Xalq ta'limi vazirligiga yuborishi mumkinligi, holat vazirlik tomonidan qo'shimcha o'rganib chiqilishi bildirilgan.

Xalq ta'limi vazirligining “Umumiy o'rta ta'lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari to'g'risida” 2020 yil 28 maydagi 131-son buyrug'iga asosan, o'qituvchi-pedagoglar jamoa a'zolari va boshqalarning shaxsiyatini hamda qadr-qimmatini kamsitishi, o'zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki psixologik tazyiq o'tkazishi qat'iyan taqiqlanadi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here