Jo'rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o'rinbosari lavozimidan ozod qilindi

0

Jo'rabek Mirzamahmudov Energetika vazirining birinchi o'rinbosari lavozimidan ozod etildi. O'zbekiston Prezidentining tegishli qarori 3 noyabr kuni qabul qilingan.

Prezidentning 3 noyabrdagi boshqa qarori bilan Energetika vazirining birinchi o'rinbosari va “O'zatom” agentligi direktori lavozimlari ajratilgan.

Jo'rabek Mirzamahmudov 2018 yil iyunidan “O'zatom” agentligini boshqarib kelayotgan edi. 2019 yilning fevral oyida “O'zatom” rahbari sifatida energetika vazirining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlangan edi

Jo'rabek Mirzamahmudov (1979 y. t.) 2001 yilda “Umid” jamg'armasi granti asosida AQShdagi Alabama universitetini, 2005 yilda esa Toshkent kimyo texnologiyalari institutini tamomladi.

Mirzamahmudov avval Vazirlar Mahkamasi Yoqilg'i-energetika kompleksini rivojlantirish axborot-tahlil departamenti mudiri bo'lib ishlagan. “O'zkimyosanoat” boshqaruvi raisini o'rinbosari va iqtisodiyot vaziri o'rinbosari lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. 2018 yil iyunidan “O'zatom” agentligini boshqarib kelayotgandi.

                                                                                               Sunnatilla Abdullayev

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here