AQSh Maxfiy xizmati Baydenning g'alabasi e'lon qilinishiga tayyorlanmoqda

0

AQShda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden bugun, 6 noyabr kuni, saylovlarda g'olib bo'lganini e'lon qilishi mumkin, deb yozmoqda “Kun.uz”.

“The Washington Post”ning manbaga asoslanib xabar berishicha, shu munosabat bilan AQSh Maxfiy xizmati Uilmington shahrida xavfsizlik choralarini kuchaytirishga tayyorgarlikni boshlagan. Bayden ushbu shaharda shu hafta amerikaliklarga murojaat qilgan va yana buni qilishga tayyorlanmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, nomzodning shtabi Bayden yana xalqqa murojaat qilishni rejalashtirayotgani to'g'risida Maxfiy xizmatga xabar bergan.

Kuchishlatar tuzilma bu borada Uilmingtonga bir guruh agentlarni yuborgan.

Eslatib o'tamiz, Maxfiy xizmat AQSh prezidenti va vitse-prezidenti hamda ushbu lavozimlarga nomzodlarni qo'riqlash va himoya qilish bilan shug'ullanadi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here