«Chiroyli qiz, yaxshi qiz Lida» — Natalya Seleznyovaning hayoti qanday kechdi? (foto)

0

60-yillarda ekranga uzatilgan «Ы operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari» filmida rol ijro qilgan Natalya Seleznyovaning aynan mazkur ijrosidan keyin karyera borasida omadi chopgan. “Daryo.uz” aktrisaning hayoti haqida ma'lumot berdi.

Roli sabab mashhurlikka erishgan aktrisa shundan keyin «Ivan Vasilyevich kasbini o'zgartiradi» va «Bo'lishi mumkin emas» nomli kinolentalarda suratga tushgan. Biroz muddat Seleznyova ijodida jimlik kuzatilgan. 1980 yilda Polshadagi ish tashlash sabab mashhur loyihalardan voz kechilgan, u orzu qilganidek qiziqarli rollar esa rejissyorlar tomonidan taklif qilinmagan. Shundan keyin aktrisa salohiyatini 55 yil davomida Satira teatridagi turli rollari orqali namoyish qilgan.

U nafaqat ishlagan dargohiga, balki shaxsiy munosabatlar borasida ham sodiq ayol. Turmush o'rtog'i Vladimir Andreev bilan 1966 yilda «Xalifa laylak» filmining suratga olish jarayonida tanishib, ikki yil o'tib turmush qurgan. Turmush o'rtog'i 2020 yilda vafot etgan. Vladimir ularning tanishishini bir necha marotaba esga olgan. Unga film rejissyori Xramov kelib, malika rolini Seleznyova o'ynashini aytganida pinagini buzmagan. Rejissyor aktyorning Seleznyovani tanimasligini eshitib hayratlangan. Ammo Vladimir rostdan ham uni tanimagan, chunki «Ы operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari»ni ko'rmagan bo'lgan. Vladimir «Xayrli tong», «Inson tug'ildi», «Etuklik attestati» va «Shoh Saltan haqida erkak» kabi filmlarda suratga tushgan.

Aktyor bundan avval turmush qurgan bo'lgan, lekin birga suratga tushish davomida aktrisa uning aql-hushini o'g'irlagan. 22 yashar Natalya ham 37 yoshli Andreyga nisbatan iliqlik his qilgan. Oilali, kamiga yaqin dugonasining kuyovini sevib qolganidan onasi xabar topgach, uyda janjal bo'lgan.

1969 yilda Natalya o'g'il farzandni dunyoga keltirgan. Natalyaning onasi kuyovini yoqtirmagan, lekin uning sahnadagi ijrosini ko'rib, muz qalbi yumshagan va keyinchalik juda ham yaxshi munosabatda bo'lgan. Natalya turmush o'rtog'ini juda ham mehribon inson bo'lgani, o'g'li va nabiralarini qattiq yaxshi ko'rganini ta'kidlagan.

Ular ikkisi turli vaqtlarda bir-birini qo'llab quvvatlagan. Vladimir aktrisa oshqozon osti bezi bilan bog'liq operatsiyani boshdan kechirganida, ovozini yo'qotganida va oyog'idan jarohatlanganida hamisha yonida bo'lgan. Aktrisaning o'zi boshiga tushgan qiyinchiliklarni bir vaqtlar boshqa oilaning ajrashib ketishiga sababchi bo'lgani bilan bog'liq deb hisoblagan. Ayni vaqtda aktrisa hayotida qiyin davr, u hali-hamon yaqin insonini yo'qotganiga ko'nikkani yo'q. Ammo o'g'li, kelini va nabirasi u o'zini yolg'iz his qilmasligi uchun harakat qiladi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here