«Kim bo'lishingdan qat'i nazar, kun kelib noming bilan chaqirishmaydi!..»

0

Vafot topishing bilan dastlab noming iste'moldan tushadi!

G'assol kela solib: «Jasad qaerda?» deydi. Mansabingni ham, nasabingni ham, hatto nomingni ham so'ramaydi!

Janozangni o'qishdan oldin Imom: «Marhumning yoshi nechchida edi?» deydi!

Mansabingni ham, nasabingni ham, hatto nomingni ham zikr qilmaydi!

Keyin: «Tobutni ko'taringlar!» deyiladi. Bunda ham na mansab, na nasab va na noming eslanadi! Tobut bo'ladi balki isming…

«Mayyitni qabrga qo'yinglar!» deyishadi so'ngida. Nomingni eslashmaydi! Mayyit sening noming u yerda!

Shunday ekan, zohiriy narsalar ila g'ururga ketma!

G'aflatdan uyg'on!

Dunyoga sarmast bo'lma!

«Men falonchiman!» deya kekkayma!

Kim bo'lishingdan qat'i nazar, kun kelib noming bilan chaqirishmaydi!

– Jasad;

– Marhum;

– Tobut;

– Mayyit deyishadi…

Magar…

Sog'lom qalbgina senga asqotadi…

Shirkdan, kufrdan, nifoqdan sog'lom bo'lgan qalb!

«U kunda na mol-dunyo va na farzandlar foyda berur, faqat Alloh huzuriga salim qalb ila kelgan kishilargina mustasno». (Shuaro surasi, 88-89-oyatlar)

Hikmatilla Ali

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here