Yunusobodda BMW va yana 9 ta avtomobil bilan sodir bo'lgan YTH bo'yicha ma'lumot

0

Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasining internetda tarqalgan videolari yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

2020 yil 6 noyabr kuni soat 21:30 larda Yunusobod tumanidan Amir Temur ko'chasida 31 yoshli U.R. boshqaruvidagi Nexia-3 18 yoshli D.X.ga tegishli BMW’ga urilishi oqibatida YTH sodir bo'lgan.

BMW boshqaruvni yo'qotib, 36 yoshli U.M.ga tegishli Captiva, 34 yoshli U.Yo.ga qarashli KIA Carnival, shuningdek, Spark, Matiz, yana 2 ta Captiva, Cobalt, Malibu kabi transport vositalariga shikast yetkazgan.

YTH oqibatida BMW haydovchisi tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Hodisaning taxminiy sabablaridan biri sifatida Nexia-3’ning qayrilib olishga uringani va asosiy yo'ldan kelayotgan BMW’ga xalaqit bergani aytilmoqda. Vaziyat yuzasidan o'rganish ishlari davom etmoqda.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here