Ko'p miqdordagi pirotexnika vositalarini Toshkentga olib kirmoqchi bo'lgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi

0

7 noyabr soat taxminan 01-00 larda Ohangaron tumani «Chinor» YPX maskanida tungi xizmatni o'tayotgan Toshkent viloyati IIBB YPX xodimlari tomonidan «Namangan-Toshkent» yo'nalishi bo'ylab harakatlanib kelayotgan Lacetti avtomobili to'xtatiladi.

Avtomobil va uning salonini ko'zdan kechirish davomida qoplar va qutilarga joylashtirilgan 405 dona (mushaklar) pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokidan rasmiylashtirilib olinadi va qonuniy chora ko'rish uchun hududiy IIB yuboriladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here