Trampning kuyovi qaynotasiga saylovlardagi mag'lubiyatni tan olishni maslahat berdi

0

AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner qaynotasiga prezident saylovlarida mag'lub bo'lganini tan olishni taklif qilgan. Bu haqda ikkita manbaga tayanib CNN telekanali xabar berdi, deb yozmoqda “Kun.uz”.

Telekanal amaldagi prezident kuyovining bu taklifiga qanday munosabat bildirganini ma'lum qilmagan.

Avvalroq Tramp saylovlarda yutqazganini tan olmasligini va sud orqali ovozlar qayta hisoblanishiga erishmoqchiligini ta'kidlab o'tgan.

AQSh prezidenti saylovlari rasmiy natijalari hali e'lon qilinmadi. Biroq 7 noyabrda AQShning yetakchi ommaviy axborot vositalari Demokratik partiya nomzodi Jo Baydenni saylovlar g'olibi deb e'lon qilgan.

Keyinroq Baydenning o'zi ham amerikaliklarga murojaat qilib, o'z foydasiga 74 mln ovoz to'plagan holda g'alaba qozonganini e'lon qilgan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here