“Jenoa” Balotellining o'rniga Shomurodovni tanladimi?

0

Eldor Shomurodov to'p surayotgan “Jenoa” klubi prezidenti Enriko Pretsiozi yozgi transferlar mavsumida mashhur hujumchi Mario Balotellini olish rejasi bo'lganini e'tirof etdi.

– Biz Balotelliga shartnoma taklif qilishni o'ylagan edik. Biroq keyin umuman boshqa futbolchini tanladik. Biz to'g'ri yo'l tutdik. Balotelli yaxshi yigit, lekin hozir rejalarimizga kirmaydi. Men chin dildan u o'z faoliyatini qayta yo'lga qo'yib olishini tilayman, – dedi Pretsiozi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here