Rim Papasi Baydenni duo qildi

0

Rim Papasi Fransisk Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Baydenni g'alaba bilan tabrikladi. 

Xabarda ta'kidlanishicha, Bayden Rim Papasi bilan telefon orqali muloqot qilgan va suhbat chog'ida bosh katolik siyosatchini duo qilgan.

Bayden, o'z navbatida, Fransiskga minnatdorlik bildirib, tinchlikka erishishda katolikning alohida o'rni borligini ta'kidlagan hamda iqlim o'zgarishi, qashshoqlik va immigratsiya masalalari bo'yicha birgalikda ish olib borishga umid qilishini aytgan.

Avvalroq, “The Washington Post” gazetasi AQSh Davlat departamenti Baydenning xorijlik yetakchilar bilan telefon orqali suhbatlarini uyushtirishda ishtirok etishdan bosh tortayotganini yozgandi.

Bundan tashqari, Davlat departamenti Jozef Baydenga xorijlik rahbarlar yo'llagan maktublarni bermayotgani aytilgandi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here