Twitter AQShdagi saylov bo'yicha 300 mingga yaqin noto'g'ri tvitni aniqladi

0

Twitter rahbariyati AQShdagi saylovlar to'g'risida joriy yilning 27 oktyabridan 11 noyabrigacha bo'lgan davrda ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan 300 mingga yaqin yolg'on xabarlarni aniqladi

“Taxminan 300 mingta munozaraga sabab bo'lgan noto'g'ri ma'lumotli tvitlar “…” tarzida belgilandi”, deya aytib o'tilgan ijtimoiy tarmoq rahbariyati bayonotida.

Umuman olganda, saylovlar bilan bog'liq umumiy tvitlarning, taxminan, 0,2 foizi qandaydir eslatmalar bilan belgilangan.

300 mingta tvitlardan, deyarli 500 tasiga Twitter menejmentining aniq xabarlari yo'llangan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoq xavfsizlik xizmati ushbu tvitlarni “retweet” qilish va sharhlash imkoniyatlarini cheklagan.

Ma'lumot o'rnida, joriy yilning sentyabr oyida Facebook va Twitter AQShdagi saylov jarayoniga ta'sir o'tkazishga qaratilgan urinishlarga qarshi kurashishga kelishib olgandi.

Eslatib o'tamiz, AQShda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo'lib o'tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da'vogarlik qildi.

7 noyabr kuni yetakchi axborot agentliklari saylovda demokrat Jo Bayden g'alaba qozonganini e'lon qildi. Natijalar hali rasman e'lon qilinmagan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here