Donald Tramp «Uyda yolg'iz 2» filmida qanday paydo bo'lib qolgani ma'lum bo'ldi

0

Donald Tramp «Uyda yolg'iz 2» filmining epizodida suratga tushish uchun ijodiy guruhga shart qo'ygan. Bu haqda film rejissyori Kris Kolambus Insider’ga ma'lum qildi.

«U bizni kartinada uni ham suratga olishimizga majbur qildi», − ta'kidlaydi kinorejissyor. Uning so'zlariga ko'ra, ijodiy guruh o'sha paytda Trampga tegishli bo'lgan Nyu-Yorkdagi Plaza mehmonxonasida filmning ayrim sahnalarini suratga olishga kelishgan. Albatta, bu uchun ular pul to'lagan, ammo Tramp epizod rolda ishtirok etsagina, suratga olishga ruxsat berishini aytgan.

Kartinani montaj qilish jarayonida Kolambus Tramp ishtirok etgan sahnani qoldirishga qaror qilgan, chunki buni jamoatchilikka yoqadi, deb hisoblagan.

«Uyda yolg'iz 2» filmidan tashqari, Tramp 1990 yillarda «Sheriklar», «Kichkintoy yaramaslar», «Namunali erkak» va «Eddi» kabi film, shuningdek, «Beverli-Xillz shahzodasi», «Enaga» kabi seriallarda epizod rollarni ijro etgan.

zamin

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here