Koronavirusni qayta yuqtirib olish extimoli kam!

0

Yangi tadqiqotlarga binoan koronavirusni bir martadan ko'proq yuqtirganlar soni sanoqlidir.

Gardian gazetasi so'ngi sonida, Nyu-york shahridagi Rokfeller universiteti muttaxassislari immuniet tizimi nafaqat koronavirusni eslab qoladi, balki tiklanganidan keyin sifatli antigenlarni ham ishlab chiqaradi degan xulosaga kelishgan deb yozdi.

Mazkur tadqiqotga asosan, immmunitet tizimi o'zini yangi virusga javoban tez va kuchli hujumni boshlashga tayyorlaydi.

Bu universitetning yetakchi tadqiqotchisi va molekulyar immunologiya direktori Maykl Nozenvig ko'p hollarda odamlar tezda antitelalarni ishlab chiqarishga va infeksiyaga qarshi kurashishga qodir deb e'lon qildi.

Immunitet tizimining xotirasida koronavirusni qancha vaqt saqlanishi aniq emas, ammo Nozenvigning ta'kidlashicha, immun tizimi kelgusi yillar davomida himoya qudratini saqlab qoladi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here