Oliy ta'lim vazirligi: Turar-joy masalasini hal qila olgan talabalar an'anaviy ta'limga qaytadi

2

O'zbekistonda talabalar ta'lim muassasalariga bora olmasa, masofaviy o'qishni davom ettirishi mumkin. Bu haqda 14 noyabr kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Oliy ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i Abduvali Xoliqov ma'lum qildi.

“Barcha talabalarni talabalar turar joylari bilan ta’minlash imkoni yo‘q. Oliy ta’lim muassasasi hech bir talabani turar joy bilan ta’minlashga kafolat bermaydi. Turar-joy bilan bog‘liq masalani hal qila olgan talabalar an’anaviy ta’limga qaytadi”, — degan Oliy ta’lim vazirligi vakili.

Uning aytishicha, ma’lum bir talabalar turar joylarida hozirda ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Yotoqxona bilan birinchi navbatda kam ta’minlangan, mehribonlik uyi bitiruvchilari ta’minlanadi.

Abduvali Xoliqov, shuningdek, talabalarni baholashda mezonlar bir xil, ammo vaqti bir xil bo‘lishga majbur emasligi, masofadan o‘qiyotgan talaba vazifani kechroq tayyorlab bersa, o‘qituvchi uni kechroq ham baholashi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021-o‘quv yili 2-sentabrdan masofaviy shaklda boshlangandi. Sentabr oyining boshida Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev O‘zbekiston OTMlarida an’anaviy ta’lim shakli 2021-yilning yanvar—fevral oylarida ikkinchi semestr boshlanish vaqtida qayta tiklanishi mumkinligini aytgandi.

Respublika komissiyasining 2020-yil 12-noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq, barcha oliy ta’lim muassasalarida 2020-yilning 16-noyabridan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida o‘quv jarayonini an’anaviy shaklda davom ettirish belgilandi.

2 FIKRLAR

  1. Salom
    Men irrigatsiya institutida oqiyman. kecha bolib o’tgan majlisda talabalar sharoiti bolmasa o’qishni onlayn davom ettirishi mumkin deyilgandi
    Lekin bizga dekanat tomonidan bosim bolayabdi
    Hamma 100% kelishi shart degan
    Faqat karantindagilar va covid bilan og’rigan bemorlar uchun onlayn darslar tashkil etilar ekan
    Bizga sharoitingni rokaj qilma deyishyabdi

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here