Airbus А380’нинг ёнида реактив қанотда парвоз қилгани билан танилган Винс Реффет Дубайда ҳалокатга учради

0

Jetпакларда учиш билан танилган франциялик спортчи, каскадёр ва Jetman жамоаси учувчиси Винс Реффет машғулот пайтида Дубайда ҳалок бўлди. Meduza’нинг ёзишича, унинг ўлими ҳақида Jetman сайтидаги баёнотда маълум қилинган, тафсилотлар келтирилмаган.

Reffet 36 yoshda bo‘lgan. Ko‘pchilik uni shveysariyalik ixtirochi Iv Rossi bilan birgalikdagi tryuklari orqali eslab qolgan. Xususan, 2015-yilda ular Dubayda Emirates Airbus A380 tijorat layneri yonidan uchib o‘tgan.

Bundan tashqari, Reffet sherigi Fred Fyugen bilan birga Yungfrau cho‘qqisidan (Shveysariya Alpi) sakrab, yengil samolyot bortiga uchib kirgan.

So‘nggi yillarda Reffet Iv Rossi ixtiro qilgan reaktiv qanotli jetpakda uchayotgandi. 2020-yil fevralida Jetman ranetsida Reffet yerdan parvoz qilib, dengiz sathidan 1,8 kilometr balandlikka ko‘tarildi. Bungacha uning jamoa a’zolari uchar qurilmaning o‘ziga xos konstruksiyasi tufayli buning uddasidan chiqa olmagan

ФИКР БИЛДИРИШ

Please enter your comment!
Please enter your name here

twenty − 17 =