Ҳасан Кабиржонов МИБ директори этиб тайинланди

0

Ҳасан Кабиржонов Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 17 ноябрдаги буйруғи билан Бош прокуратура ҳузуридаги Мажбурий ижро бюросининг янги директори этиб тайинланди. У бунга қадар ушбу идоранинг директори вазифасини бажарувчи сифатида фаолият юритган.

Kabirjonov avvalroq prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari, Farg‘ona viloyati va respublika mahkamasi, so‘ngra Markaziy bankning turli tarmoqlarida ishlagan. 2018-yildan MIB direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat vazifasini olib borgan.

2020-yilning 10-oktabrida MIBning sobiq rahbari Botir Qudratxo‘jayev Xorazm viloyati prokurori etib tayinlanganidan so‘ng idoraning direktori vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sud hujjatlari ijro etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektorda MIB faoliyati alohida tilga olingan edi. Jumladan, 2020-yilning 10 oyida byuroga 4 millionga yaqin ijro hujjatlari kelib tushgani, shundan 1 million 200 mingtasi bajarilmagani qayd etilgan. Bundan tashqari, yig‘ilishda qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha mamlakat darajasida alohida, viloyat va tumanlar miqyosida alohida tizimda ish olib borilishi, xususan, MIB 20 milliard so‘mdan yuqori qarzlarni undirish bilan shug‘ullanishi belgilandi. Byuroning viloyat boshqarmalari 10 milliard so‘mdan 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan qarzlar undiruvi bilan ishlashi, tuman va shahar bo‘limi boshliqlari hokimlar va sektor rahbarlari bilan birga og‘ir ahvolga tushib qolgan qarzdorlarning manzilli ro‘yxatlarini tuzib, ularga ko‘maklashishi aytildi

Kun.uz

ФИКР БИЛДИРИШ

Please enter your comment!
Please enter your name here

20 + 20 =