Xitoyda o'suvchi gul odamlardan yashirinishni o'rganib oldi

0

Xitoyda fritillyariya gullari toshlar orasiga kirib, odamlardan yashirinishni o'rgandi

Olimlar tez-tez dorivor giyohlar terib olinadigan joylarda ushbu gulning barglari toshlar bilan bir xil ekanligini aniqladi. Shuning uchun ham fritillyariya o'sganidan so'ng uni farqlash qiyin bo'lib qoladi.

«Biz fritillyariyadagi o'zgarishlar o'txo'r hayvonlar tufayli yuz beradi, deb o'ylar edik, ammo bunday emas ekan», − deydi Xitoyning Kunmin Botanika instituti doktori Yan Nyu. – Keyinchalik bunga sabab insonlar ekanligini aniqladik».

Tadqiqotchilar o'simlik yig'uvchilar fritillyariya gullarining evolyutsiyasiga ta'sir o'tkazishi va boshqa rangga kirishga sabab bo'lishini taxmin qildi. O'z rangini o'zgartirgan o'simliklarda esa yashash imkoniyati yuqori bo'ladi.

Fritillyariya – ko'p yillik o'simlik bo'lib, besh yildan so'ng gullaydi. Gulning piyozi Xitoy an'anaviy tibbiyotida ikki ming yildan ko'proq vaqt davomida ishlatilgan. So'nggi yillarda uning yuqori narxi hosilni ko'payishga olib keldi.

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here