Afg'onistonda qurollangan shaxslar televideniya muxbirini otib o'ldirishdi

0

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Afg'onistonda qurollangan shaxslar 10 dekabr kuni ertalab telemuxbirni otib o'ldirishgan. Afg'oniston hukumatining matbuot kotibi Atoullo Xogyanining ma'lum qilishicha, Nangarhar provinsiyasida qurollangan shaxslar muxbir Malala Mayvandning mashinasiga o'q uzishgan.

“UNAMA bugun Afg'onistonda inson huquqlari faoli va jurnalist Malala Mayvandining o'ldirilganini qoralaydi. Bu qotillik aynan bugun, ya'ni, xalqaro huquqlarni himoya qilish kunida yuz bergani bilan ham e'tiborni jalb qiladi” deydi UNAMA axborot agentligi.

Malala Mayvandi televideniya va radioda ishlashdan tashqari Afg'onistondagi ayollar va bolalar huquqi uchun kurashgan faollardan biri hamdir.

Hozircha ushbu hujum uchun javobgarlikni hech kim o'z bo'yniga olgani yo'q. Ammo, mazkur  voqea sodir bo'lgan Nangarhar provinsiyasida IShIDning Afg'onistondagi filialining bosh qarorgohi joylashgan bo'lib, u yaqin kunlarda mamlakat bo'ylab fuqarolarga uyushtirilgan hujumlarni o'zi uyushtirganini tan olgan. Shuningdek, Afg'oniston sharqida Tolibon ham hujumlar uyushtirib turadi.

Afg'onistonda o'tgan oyda ham ikkita jurnalist portlatib yuborilgandi. ”Chegara bilmas muxbirlar” deb atalgan matbuot huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilot Afg'onistonni jurnalistlar uchun eng xatarli mamlakatlar qatoriga qo'shgan.

Tarjumon.uz

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here