Taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olindi

0

Taniqli jurnalist, Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo'limi magistranti Abdukarim Mirzayev 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qo'lga olindi. Bu haqda «Gazeta.uz» nashri ma'lum qildi.

Jurnalistni huquqiy jihatdan himoya qilish uchun yollangan advokat vaziyatni o'rgangach, kimdir Abdukarim Mirzayevga tegishli raqam orqali shubhali shaxslar bilan muloqotda bo'lgani haqida xabar bergani, ushbu ma'lumot ortidan jurnalist kuzatilib, so'ngra qo'lga olinganini aniqladi.

Abdukarim Mirzayevning turmush o'rtog'i aytishicha, jurnalist hibsga olinishidan 10 kuncha oldin, aniqrog'i 28 noyabr kuni kunduzgi 12:20—13:30 lar oralig'ida oilaviy xordiq chiqarish va videolavha tasvirga olish maqsadida Istanbulning Marmara dengizi yoqasidagi Floria sohiliga chiqqanida zamonaviy kiyingan (shimda) to'rt ayol (ikki nafari 35−40, ikki nafari 16−17 yoshlarda) ulardan telefon qilib olishni so'ragani, shundan keyin Abdukarim Mirzayevning telefoniga turli raqamlardan erkaklar qo'ng'iroq qilgani, SMS xabarlari yozganini ta'kidladi. Ushbu voqeadan keyin yangi olingan mobil telefoni sekin ishlashni, qotib qolishni ham boshlagan.
10 dekabrdan 11 dekabrga o'tar kechasi yarim oqshomda zirhli avtomobillarda kelgan qurollangan va harbiy libosdagi to'rt kishi, shuningdek, fuqaro kiyimidagi shaxslar Abdukarim Mirzayevning uyiga kelib, tintuv o'tkazishgan. Ular uydan hech qanday shubhali narsa topa olmagan va qo'shnilar guvohligida hujjatlarni rasmiylashtirib, jurnalistni olib ketishgan.

Keyingi kuni yollangan advokat u bilan uchrashgan, politsiyaga jurnalistning shubhali shaxslar bilan hech qanday aloqasi yo'qligini isbotlovchi dalil va hujjatlarni taqdim etgan. Shubha va gumonlar o'z tasdig'ini topmaganidan so'ng uni mamlakatdan deportatsiya qilish to'g'risida qaror chiqarib, Migratsiya idorasining chet elliklarni saqlash bo'limiga yuborishgan. Ayni vaqtda deportatsiya to'g'risidagi qarorni bekor qilish, kuzatuvni to'xtatish to'g'risidagi da'vo tayyorlanmoqda, – deb xabar bergan Sanjar Rustamov.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here