Yangi yil bayrami arafasida sovg'a-salom kutayotgan “kattakon”lar

0

Yangi yil bayramini ikki toifa qatlam hammadan intiq bo'lib kutsa kerak. Biri — bolajonlar bo'lsa, ikkinchisi — amaldorlar!

Gap Yangi yil bayrami arafasida “kattakon”larga sovg'a-salomlar jo'natish bilan bog'liq “ko'hna an'ana”lar haqida!

… Shishalari san'at asariga o'xshab ketadigan arog'u vino, konyagu viski, kolbasa-pishloq, konservayu qand-qurs bilan to'ldirilgan jimjimador qutilar… Yana bir tomonda eng sara bananu ananas, apelsinu mandarin, noku kivilar bilan limmo-lim savatlar….

Eng yomoni, azbaroyi rahbarga yaxshi ko'rinish uchun xodimlar tomonidan jo'natiladigan bu qo'sha-qo'sha qutilardagi ba'zi ne'matlarni o'sha xodimlarning bola-chaqasi u yoqda tursin, hatto o'zlari ham umrida tatib ko'rmagan bo'lsa, ajabmas…

@platformauzb

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here