Dunyo bo'yicha koronavirusga qarshi emlanganlar soni kasallanganlar sonidan oshib ketdi

0

Butun dunyo bo'ylab koronavirusga qarshi emlanganlar soni birinchi marta ushbu virusga chalinganlar sonidan oshdi, deb xabar bermoqda “Daryo.uz” «TASS»ning rasmiy ma'lumotlariga tayanib.

Dunyoda kamida 105,1 million kishi vaksina olgan bo'lsa, pandemiya boshidan buyon kasallikni yuqtirganlar soni 103,9 million kishini tashkil qilmoqda (shularning 2,2 milliondan ziyodi vafot etgan).

Emlanganlar soni eng ko'p AQSh da — 33,7 million kishi. Ikkinchi o'rinda Buyuk Britaniya bo'lib, u yerda jami 10,2 million kishi emlangan (dengiz ortidagi hududlar, Normand orollari va Men orollarini ham hisobga olganda). Uchinchi o'rinni Isroil egallamoqda — 5,05 million kishi.

Emlangan aholining ulushi bo'yicha esa Isroil birinchi o'rinda (56,86 foiz), ikkinchi o'rinni BAA (38,83 foiz), uchinchi o'rinni Seyshel orollari (36,25 foiz) egallamoqda. O'n foizlik marradan Buyuk Britaniya (15,3 foiz), Bahrayn (11,02 foiz) va AQSh (10,3 foiz) ham o'tgan.

Eslatib o'tamiz, dunyo bo'yicha COVID-19 ga chalinganlar soni 100 milliondan oshgani haqida 27 yanvar kuni ma'lum bo'lgan bo'lsa, 2 fevral kuni unga qarshi emlanganlar soni 100 millionlik marradan o'tgan edi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here