Bayden va Putin munosabatlarining keskinlashuviga nima sabab bo'ldi?

0

AQSh prezidenti Jo Bayden nafaqat Rossiya bilan hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qilishni, balki to'g'ridan-to'g'ri qarama-qarshiliklarga ham to'xtalmoqchi. Bu haqda brifingda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki aytib o'tgan. “Menimcha, Rossiyaga nisbatan, agar siz AQSh prezidenti Jo Bayden va prezident Vladimir Putin o'rtasidagi telefon suhbatini ko'rsangiz, prezident o'zining aniq pozitsiyasidan chetga chiqmaganini ko'rasiz. Prezident, masalan, AQShning milliy xavfsizligi manfaatlariga mos keladigan yangi SNV shartnomasi bo'yicha hamkorlik qilishimiz mumkin bo'lgan sohalar mavjudligini aniq aytib o'tdi. Prezidentni turli masalalar tashvishga solmoqda: saylovlarga aralashish, xakerlik hujumi, Afg'onistondagi Amerika harbiylariga qilingan hujum uchun to'lovlar. Ushbu ko'rib chiqish davom etmoqda», – degan Psaki.

Bir guruh amerikalik senatorlar Aleksey Navalniy ishi bo'yicha Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo'llash to'g'risidagi qonun loyihasini Kongressga taqdim etishdi, deyiladi parlament vakillari press-relizida. Hujjat AQSh ma'muriyatini Rossiyaning biologik quroldan foydalanish bo'yicha xalqaro me'yorlarni buzganligini aniqlashga taklif qiladi. Agar Oq uy xalqaro huquqni buzgan deb topsa, qonun loyihasida Rossiya rasmiylariga nisbatan cheklov choralari ko'zda tutilgan. Shuningdek, siyosatchi Boris Nemsovning o'ldirilishi to'g'risida qaror qabul qilish taklif qilinmoqda. Qonun loyihasini qabul qilish istiqbollari aniq emas.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here