Navoiyda «Matiz» va yuk mashinasi to'qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

0

Navoiyda «Matiz» va yuk mashinasi to'qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi.

2 fevral kuni soat 07:30 larda Buxoro viloyatida yashovchi M.I. (1996 y.t) boshqaruvida bo'lgan “GAZ 330202-244” rusumli avtomashinani «Zarafshon-Uchquduq» yo'nalishi bo'ylab boshqarib borgan.

U old tomonidagi avtomashinani quvib o'tgan vaqtida qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan N.I. (1979 y.t.) boshqaruvida bo'lgan «Matiz» rusumli avtomashina bilan to'qnashgan.

YTH natijasida «Matiz» avtomashinasi haydovchisi N.I. og'ir tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo'limida vafot etdi.

Holat yuzasidan M.I.ga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o'lishiga sabab bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here