Xitoyning «Tyanven-1» zondi Mars orbitasiga muvaffaqiyatli chiqdi.

0

Bu haqda Xitoy kosmik fan va texnologiyalar korporatsiyasiga asoslanib xabar berilgan.

Jarayon kecha, 10 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:52 da yuz bergan.

Ta'kidlanishicha, shu tarzda zond Qizil sayyora orbitasida aylanish vazifasini muvaffaqiyatli bajargan.

Ma'lumot o'rnida, «Tyanven-1» zondi 2020 yilning 23 iyulida Xaynan orolidagi Venchan kosmodromidan uchirilgan.

Zond 202 kundan beri parvoz qilmoqda, u Yerdan qariyb 192 million kilometrgacha ko'tarilgan.

Stansiya may oyigacha qo'nishga qulay joy tanlash uchun Mars yuzasini to'liq suratga tushiradi. So'ngra Marsda yurishga mo'ljallangan qurilma joylashgan platforma zonddan ajralib chiqadi va Qizil sayyoraga qo'nadi.

Xitoy missiyasining maqsadi Marsda hayot izlarini topib, uning insonlar tomonidan o'zlashtirilishi uchun imkoniyatlarni o'rganish hisoblanadi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here