Ana bo'lmasa! Rajab Toyyib Erdog'an terrorchiga chiqarildi

0

Niderlandiyalik populist va islomofob siyosatchi Gert Vilders Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog'anni terrorchiga chiqardi.

Vilders Tvitterdagi sahifasiga Erdog'anning fotokollajini joylab, ostiga “Terrorchi” deb yozib qo'ydi. Kollajda Turkiya prezidentining boshi yarim soqolli va sallali qilib tasvirlangan, orqa fonda esa Turkiya bayrog'i bilan IShID bayrog'i yonma-yon qo'yilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarning turk segmentida Vildersning bu harakati qattiq qoralandi. Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalin Tvitterdagi sahifasiga niderlandiyalik siyosatchining yuzini burishtirgan rasmini joylab, inglizchalab “Jinni” deb yozib qo'ydi.

Gert Vilders vaqti-vaqti bilan Turkiya prezidentiga qarshi provokatsiyalar bilan chiqish qiladi. Qolaversa, u islomofobligi bilan tanilgan. U islomni natsizmga tenglashtirgan, Niderlandiyaga musulmonlar immigratsiyasini to'xtatish taklifini bildirgan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here