Halokat! Qashqadaryoda Lacetti 50 metr pastlikka quladi, uch kishi vafot etgan

0

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida Lacetti haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida mashina 50 metr pastlikka quladi. Bu haqda tuman IIB ga asoslanib «Daryo» ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, G'uzor tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lacetti ishtirokidagi YTH 16 fevral, seshanba kuni soat 04:00 da sodir bo'lgan.

«Tumanning ‘Yashnobod’ mahallasi hududidan o'tuvchi Olmaota—Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo'lining 1299-kilometrida tonggi 04:00 da G'uzor tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lacetti beton to'siqqa urilib, uni chetga surib tashlab, 50 metr pastlikka qulagan. Oqibatda mashina yo'lovchilaridan uch nafari voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va bir nafar yo'lovchi esa tuman shifoxonasiga yotqizilgan», — deydi Dilshod Mirzayev.

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here