«Mo''jizakor ayol» — Gal Gadot uchinchi marta ona bo'ladi

0

Gollivud yulduzi Gal Gadot muxlislariga homilador ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda «Film.ru» xabar berdi.

Instagram sahifasiga turmush o'rtog'i Yaron Versano va qizlari Alma va Mayi bilan birga tushgan suratini joylagan aktrisa, takror homiladorligi mazmunida izoh yozib qoldirgan.

Ma'lumot uchun, Gal 2008 yilda o'zidan 10 yosh katta isroillik biznesmen Yaron Versano bilan turmush qurgan. Bir ko'rishda bir-birini yoqtirib qolgan juftlik, ikki yil uchrashib yurganidan keyin rishtalarini nikoh bilan bog'lashga ahd qilgan.

Avvalroq Gadot suratga tushgan «Mo''jizakor ayol: 1984» filmi barcha yo'nalishlar bo'yicha «Oskar»ga ilgari surilgani haqida xabar berilgandi.

Manba: “Daro.uz”

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here