Men bularni xiyonat ustida tutdim.

0

Bir kishi ayolining aqlini kirgizib qo'yish maqsadida urdi. U bir necha marta urganida ayoli to'sattan o'lib qoldi. O'ldirishni qasd qilmagandi, ishidan pushaymon bo'ldi. Endi zavjasining oilasi undan qasos olishidan qo'rqib, shahardagi donishmandning huzuriga bordi. Voqeani bayon qildi. Donishmand:

 

– Buning bir yo'li bor. Sen chiroyli, yosh yigitni mehmon qilmoqchi bo'lgandek uyingga chaqir. Uni o'ldir. Xotiningni yoniga qo'y. Ayolning qarindoshlari kelishsa, men bularni xiyonat ustida tutdim. O'zimni qo'lga ololmay, ikkisini ham o'ldirdim, deysan! – dedi.

Kishi donishmandning ayiganidek qildi. Ayolining oilasi kelib, ikkita janozani ko'rib, ayb o'z ojizalarida ekanligini eshitib, indamay qaytib ketishdi.

 

O'sha kuni donishmandning o'g'li uyga kelmadi. Bunday odati yo'q edi. Uning aqliga qotil kishining yoniga borish keldi. Uni topib, nimalar qilganini so'radi.

– Aytganingizdek qildim, – dedi.

– Qani o'shi yigitni menga ko'rsat – chi? – dedi donishmand.

 

Kishi uyga olib kirib ko'rsatdi. U yigit o'z o'g'li edi. O'z otasining hiylasi ila o'ldirilgandi.

 

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here