Men xotinimga olmoqchi edim…

0

Bir odam qimmat ayollar atiri sotiladigan do'konga kirib, endi gapirmoqchi bo'lib turgan ekan, sotuvchi:
– Xush kelibsiz. Kimga atir izlayapsiz? – debdi.
– Haligi…
– Ha, boshlig'ingizning xotinigami? Mana, 10 mlnli zo'r atirlarimiz bor.
– Yo'q, haligi…
– Ha, shunaqa demaysizmi? “Buruxtaniy ikkinchi”gami? Chatoqsiz… Mana 5 mlnli zo'r atirlarimiz bor.
– Yo'q, siz meni tushunmadingiz. Men xotinimga olmoqchi edim…
– Ha, shunaqa demaysizmi! Unaqada yo'lning narigi betidagi do'konga o'ting – arzon atirlar o'sha yerda sotiladi…

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here