Tushundimki, u mening jonimni olishga qaror qilgan…

0

Yer yuzidagi butun jonzotlarga hukmronlik qilgan Hazrati Sulaymonning Yamandagi saroyiga, tushga yaqin bir odam hovliqib keldi. Soqchilarga shaxsiy masala yuzasidan Hazrat Sulaymonni ko'rishi lozimligini aytib darhol ichkariga kirdi. Sulaymon qo'rquvdan titrab, rangi oqarib ketgan odamdan so'radi:

— Tinchlikmi nima gap? Nega bunchalik vahimaga tushding?

Nima darding bo'lsa, ayt menga…

Odam hovliqib:

— Bugun saharlab Azroilni ko'rdim. Menga qo'rqinchli bir qarash qildi-da, keyin uzoqlashdi. Tushundimki, u mening jonimni olishga qaror qilgan…

— Tushunarli. Nima qilishimni istaysan?

Odam yolvordi:

— Ey, jonlarning qo'riqchisi, mazlumlarni himoya qiluvchi Sulaymon… Sen hamma narsaga muqtadirsan. Qush, bo'ri, tog', tosh, sening amringda. Shamolga buyur. Meni bu yerdan Hindistonga olib ketsin… Shunda Azroil meni topa olmaydi. Men esa jonimni saqlab qolgan bo'laman. Madad sendan…

Sulaymon, odamning holiga achindi. Shamolni chaqirdi: “Bu odamni darhol olib Hindistonga eltib qo'y…” amrini berdi…

Shamol zudlik bilan odamni olib Hindistondagi uzoq bir orolga etib tashladi. Ertasi kuni Hazrati Sulaymon majlis qilib, hamma kelganlar bilan tanishib chiqdi. Bir payt Azroilning ham yig'inda o'tirganiga ko'zi tushdi. Uni yoniga chaqirib:

— Ey Azroil… Kecha u odamga nega darg'azab qarading? Jonini olsang olarding, nega uni buncha qo'rqitding? – dedi.

Azroil javob berdi:

— Ey, dunyoning ulug' sultoni.. Men u odamga g'azab bilan, qahr bilan qaramadim, hayrat bilan boqdim. U yanglish buyurdi degan vahm qamradi. Uni bu yerda ko'rib shoshirdim. Chunki Tangri menga buyurgan ediki: “Borgin, bu oqshom u odamning jonini Hindistonda ol” degandi… Uni ko'rib, bu odamning yuz qanoti bo'lsa ham, bu oqshom Hindistonda bo'la olmaydi, bu qanday bo'ldi deb hayratga tushdim… Unga bunday qarashimning sababi shu edi. Haqiqiy hayrat shuki, kecha oqshom men u odamni Hindistonning falon orolida jonini oldim!

Mavlono so'raydi:

— Kimdan qochamiz, o'zimizdanmi? Bu xomxayol… Kimdan qochib qutulamiz… Tangridanmi? Qanday gunoh… Dunyo Tangridan g'ofil bo'lmoqda… Dunyo, pul, ayol, kiyim-kechak – tijorat emasdir. Buni bilib ol…

 

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here