Bir film uchun 110 million dollar

0

Internetda «Garri Potter» filmining davomi chiqishi kutilayotgan bir paytda Deniel Redkliff filmlarning har bir seriyasidagi ijrosi uchun qancha gonorar olgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Peopletalk nashri xabar bermoqda.

Looper sayti hisob-kitoblariga ko'ra, 2001 yilda «Hikmatlar toshi»dagi roli uchun aktyorga 1 million dollar to'langan, «Maxfiy hujra» filmida esa uning gonorari 3 million dollargacha ko'tarilgan. Ammo daromadlarining o'sishi shu bilan to'xtab qolgani yo'q: «Azkaban mahbusi» uchun Redkliff 6 million dollar, «Alanga kubogi»dagi ijrosi uchun 14 million dollar olgan. Shuningdek, franshizaning so'nggi uchta filmi uchun aktyor gonorarlarining har biri 25 million dollarni tashkil qilgan. Natijada Deniel Redkliff sakkizta filmda 110 million dollar ishlab topgan.

kinopoisk.ru

Bu juda katta miqdordagi mablag' bo'lishiga qaramay, aktyorga tegishli boylikning yakuniy miqdori emas — hozirda franshiza teatrlashtirilgan postanovka va 10 ta film, shu jumladan, 8 ta original «Garri Potter» filmlaridan dunyo bo'yicha 8 milliard dollar ishlab topgan, shubhasiz, aktyor bu daromaddan ham foiz oladi!

Endi yana Deniel Redkliffni ekranlarda ko'rish baxtiga muyassar bo'lsak, «Garri Potter» filmining davomi chiqishi bilan bu summa qanchaga ko'payishini tasavvur qilib ko'ring.

2016 yilda o'zbek aktyori Otabek Mahkamov Garri Potter rolini ijro etgan Deniel Redkliffga atlas sovg'a qilgani haqida xabar berilgan edi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here