Saida Mirziyoyeva onasi bilan ovqat tayyorlamoqda (+foto)

0

Prezidentning to'ng'ich qizi Saida Mirziyoyeva o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga dam olish kunidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi va suratlarni joyladi

Yakshanba. An'anaga ko'ra bu kuni sevimli taomlarimizni tayyorlaymiz. Ulardan biri — kulchatoy. Oyijonim ertalabdan xamir qoradilar. Dadajonim boshchiligida butun oilamiz dasturxon atrofiga to'planib, oyijonim tayyorlagan xamirni taxtakachda kesamiz. Oyijonim esa endigina pishgan masalliqlar – kartoshka, no'xotni uzatib turadilar.

Tayyorlanish usuliga ko'ra kulchatoy kesma lag'monni eslatadi.
Kichkintoyim bizning eng katta yordamchimiz, milklari bilan suyak chaynashga urinadi. Taom tezroq pishishini hammadan ko'proq shu kutsa kerak 😄

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here