Dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingi e'lon qilindi. Kilian Mbappe birinchi o'rinda

0

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Transfermarkt tomonidan dunyoning eng qimmat futbolchisi deb topildi. Fransiyalik futbolchining transfer qiymati 160 million yevroga baholanmoqda.

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland 130 million yevro bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikni «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn yopmoqda (120 million).

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi (17-22-o'rinlar) 80 million yevroga, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu (95-115-o'rinlar) 45 millionga baholanmoqda.

1. Kylian Mbappe (PSJ) – 160 million yevro
2. Erling Xoland (Borussiya Dortmund) – 130 million
3. Xarri Keyn («Tottenxem») – 120 million
4-8. Jeydon Sancho (Borussiya Dortmund) – 100 million
4-8. Muhammad Salah («Liverpul») – 100 million
4-8. Romelu Lukaku («Inter») – 100 million
4-8. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) – 100 million
4-8. Neymar (PSJ) – 100 million
9-13. Frenki de Yong («Barselona») – 90 million
9-13. Bruno Fernandes (“Manchester Yunayted”) – 90 million
9-13. Joshua Kimmich («Bavariya») – 90 million
9-13. Raxim Sterling (“Manchester Siti”) – 90 million
9-13. Yan Oblak (Atletiko) – 90 million

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here