Bayden Putinni qotil deb hisoblash-hisoblamasligi haqidagi savolga javob berdi

0

Bayden  Putinni qotil deb hisoblash-hisoblamasligi haqidagi o'z gaplarini yana bir bor izohladi. Bu haqda undan Bryusseldagi NATO shtab-kvartirasida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida so'rashdi.

Rossiya prezidentining NBC News telekanaliga bergan intervyusi ushbu savol takrorlanishiga sabab bo'ldi. Intervyuda undan qotil yoki yo'qligi so'ralganda Putin kulib yuborgan.

Bayden bunga u ham kulishini aytdi. So'ngra to'g'ridan-to'g'ri «Demak, uni haliyam qotil deb bilasizmi?» degan savolga Bayden quyidagicha javob berdi:

» Fikrimcha, uning o'zi bu savolga javob qanday bo'lishini aniq bildirdi. O'tmishda Putin aslida buni tan olgan deb hisoblayman — u qilishi mumkin bo'lgan yoki qilgan ba'zi ishlar bo'lgan. Ilgari menga ushbu savol jonli efirda berilganda, men xolis  javob berdim. Ammo bu biz o'tkazadigan uchrashuv nuqtai nazaridan u qadar muhim emas deb o'ylayman».

Bundan tashqari, Bayden Putinning siyosatchi Aleksey Navalniyning qamoqqa olinishi haqidagi bayonotlarini sharhlar ekan, rossiyalik muxolifatchining qamoqxonada o'lim topishi fojia bo'lishini ta'kidladi.

«Navalniyning o'limi Rossiya asosiy inson huquqlarini hurmat qilmayotganining yana bir belgisi bo'ladi. Bu fojia bo'ladi. Mening fikrimcha, bu uning butun dunyo bilan va men bilan bo'lgan munosabatlariga faqat zarar yetkazadi», — dedi Bayden.

17 mart kuni AQSh prezidenti Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida jurnalistning «Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qotil deb hisoblaysizmi?»— degan savoliga tasdiq javobini bergandi. «Mmm, hmm, ha», — deya javob qilgan Bayden undan intervyu olayotgan Jorj Stefanopolusning savoliga. Kreml esa Jo Baydenning Vladimir Putin haqidagi bayonotlarini juda yomon deb hisoblashini aytgan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here