Samarqandda «Minsk» xiyobonidagi qurilish bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi

0

Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan Samarqand shahridagi «Minsk» xiyobonida noqonuniy qurilish holati bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Viloyat hokimligi prokuratura organlariga Samarqand shahrining Minsk ko'chasida «Taunxaus» uslubidagi uy-joylar, bolalar bog'chasi va savdo binolarini qurish uchun ruxsatnomalar holati to'g'risidagi hujjatlarni taqdim etdi.

Samarqand shahar kengashi deputati Shoxruxbek Alibekovning so'zlariga ko'ra, quruvchi kompaniya noqonuniy ravishda qurilish ishlarini olib bormoqda.

Mazkur hududda istiqomat qiluvchilardan birining aytishicha, may oyi oxirida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov mahallaga tashrif buyurgan va xiyobon yonidagi hududda qurilish ishlarini to'xtatishga buyruq bergan. Qisqa tanaffusdan so'ng, quruvchi kompaniya yana qayta ish boshladi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here