Qabr qabul qilmagan qassob (Ayanchli va Achinarli ta'sirli)

0

Bundan besh olti yilcha avval bo'lgandi, o'shanda qishloqda «Qo'shni qishloqdagi Orif qassob degan odam qazo qilibdi» degan noxush xabar bizning qishloqqa ham yetib keldi. Dadamning aytishlaricha, rahmatli Orif qassob o'sha qishloqning obro'li odam bo'lgan ekan. Xabarni eshitib, qassobning yaqindan tanigan yor birodarlari janozaga otlanishdi. Janozadan so'ng, Orif qassobning mayitini qabristonga qo'yib kelishdi. Ertasiga esa, judayam qo'rqinchli xabar butun tumanga tarqalib ketdi: — Kecha qabristonga qo'yilgan mayitning jasadi yer yuzasiga chiqib qolgan emish. Bunday qo'rqinchli va noxush xabar yashin tezligida hamma tomonga tarqalib ketdi. Kimdir, «it olib chiqib qo'ygandirda» desa, yana kimdir «Bunda bir gap bor» deb muloxaza qilishdi. Orif qassobning o'g'li bir ikkita jiyanlari bilan birgalikda yer yuzasiga chiqib qolgan dadasining jasadini yana o'z joyiga qo'yib kelibdi. Indiniga esa yana qo'rqinchli xabar bolaladi: — Qassobning jasadi yana yer yuzasiga chiqib qolgan emish. Ushbu ayanchli xolat ikki uch bor takrorlanavergach, marxumning o'g'liga qishloqning oqsaqollari tuman markazidagi Jo'me masjidi imomidan maslaxat olishni ta'kidlashibdi. Qassobning o'g'li maxalla faollari bilan birgalikda imomning xuzuriga boribdi va bo'layotgan noxush xolatni aytib, u kishidan maslaxat so'rabdi. Shunda imom marxumning o'g'liga savol beribdi: — Dadangiz qanday odam edi? — Yaxshi odam edilar domla, — debdi xayron bo'lib o'g'il. — Xayotliklarida nima ish bilan shug'illangan edilar? — Esimni taniganimdan beri qassobchilik bilan shug'illanar edilar. — Birorta nojo'ya xarakatlarini sezganmidingiz? — so'rabdi yana imom. O'g'il yerga qarabdi, nima deyishini bilmay kolovlanib qolibdi, bu xolatini kuzatib turgan imom yana so'z qotibdi: — Ayting jiyanim, aytmasangiz, dadangizni jasadi qo'nim topmaydi. — Maylimi o'zingizga aytsam? — sekingina yoniga yaqinlashib izn so'rabdi o'g'il, atrofidagi odamlardan yashiradigan siri borligini sezdirib. — Bu voqea ayanchlidir, odamlar marxumga nima sababdan bunday bo'layotganliklarini bilishi kerak, ularga xam bir ibrat bo'lsin, ochiq oydin yashirmay aytavering jiyanim, ko'pchilikning duosi bilan marxumning jasadini o'z joyiga qo'ya olamiz, — debdi. O'g'il biroz o'ylanib o'tirib, aytmaslikning iloji yo'qligini payqab, so'z ochibdi: — Dadamizning nafslari biroz ustun edi, Olloxdan xayiqmasdilar, pul birmuncha ko'zlarini ko'r qilib qo'ygandi. U kishi uzoq qishloqlardan eshak xarid qilib, o'sha yerni o'zida xech kim bilmaydigan pana joyda o'sha eshakni so'yib, go'shtni olib kelib, mol go'shtiga aralashtirib odamlarga sotar edilar. O'tirganlar birdaniga «Astag'firullox» deb baqirib yuboribdi. «Xayf sendek insonga» deyishibdi. Imom xam ko'zlarini yumib, ingrab yuboribdi. Bir muddat jim turib, o'tirganlarni tinchlantiribdi va o'g'ilga shunday debdi: — Jiyanim, dadangiz badnafs inson bo'lgan ekanlar, xarom qilingan narsani odamlarga qo'ni qo'shnilariga in'om qilib yurgan ekan, manashu sabab uni yer o'z bag'riga qabul qilmayotgan ekan, afsus, afsus, — deb nadomatlar chekibdi. — Endi uka, odamlar ko'z o'ngida katta bir novvosni so'yib qon chiqaring va odamlarga tekinga tarqating! Ulardan dadangiz kechirim so'rang, gunoxlarini avf etishini so'rab duo qilsinlar! Zora Ollox dadangizni gunoxlaridan kechib, jasadlarini xuzuriga qabul qilsalar, — deb maslaxat beribdi. O'g'il imomning aytganlarini qilib bo'lgach dadasining jasadini yana qabrga qo'yibdi va ana o'shandan so'nggina uning jasadi tinch bo'libdi

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here