Toshkentdagi “super GAI mashinasi” bo'yicha YHXBB izoh berdi

0

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent ko'chalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama paydo bo'lgani haqida video va xabarlar tarqaldi.

Videoda Tracker rusumli, 01 779 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilining tom qismiga o'rnatilgan moslama aks etgan va bu muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

“Yo'llarda nazoratni ta'minlashda inson omilini cheklash, fuqarolar bilan muloqotni qisqartirish maqsadida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur moslama qoidabuzarlik holatlarini qayd etishga mo'ljallangan”, deyildi YHXBB xabarida.

Qayd etilishicha, yangi uskuna hozirda sinov tariqasida qo'llanilib, tajribadan o'tkazilmoqda. Tajriba yakunlanib, moslamadan amaliyotda foydalanish boshlanganda qo'shimcha ma'lumot beriladi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here