“Virus hatto 1 haftalik chaqaloqda ham aniqlangan” – SSV

0

O'zbekistonda epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda. So'nggi sutkada Respublika bo'ylab kasallanganlar soni birdaniga ko'paydi.

Sog'liqni saqlash vazirligi vakili Elmira Bositxonova koronavirusga chalingan bolalar haqida gapirdi. Bositxonovaning so'zlariga ko'ra, avval kasallik bolalarda kamdan kam holatlarda uchragan bo'lsa, endilikda vaziyat o'zgacha tus olmoqda.

Avvallari Zangiotadagi shifoxonada bolalar uchun bo'lim yo'q edi. Lekin, bugungi kunda ushbu bo'linmani ochishga majbur bo'ldik. Koronavirs bolalarda ham kuzatila boshlandi. Chaqaloq tug'ilganda hamma qarindoshlari uni qo'liga olishga harakat qiladi. Afsuski shu sababga ko'ra hatto bir haftalik chaqaloqda ham virus aniqlandi. Yangi tug'ilgan chaqaloqni 40 kun davomida ko'chaga chiqarmaslik odati ularni virusdan himoya qilishi mumkin, – deydi Bositxonova.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here