Andijonlik fuqaro go'shtini iste'mol qilish uchun itlarni o'ldirib kelgani aniqlandi

0

Andijon viloyat IIB fuqaro o'z uyida itlarni so'yib, ularning go'shtini mahalliy oshxonalarga sotib kelgani aytilgan videoyozuv bo'yicha izoh berdi.

Qayd etilishicha, 3 iyul kuni Andijon shahar O'zgarish MFYda yashovchi fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatga asosan, T.Keldiyev ko'chasi 75 uyda yashovchi fuqaro O.G'.ning yashash xonadoni o'rganilgan.

Xonadonda haqiqatdan ham 12 ta it boqish qoidalarini buzgan holda saqlab kelinayotgani, shuningdek, ushbu xonada it terisi va suyaklari aniqlangan. Shuningdek, tekshiruvda O.G'. oxirgi olti oydan buyon o'zining iste'moli uchun itlarni so'yib, go'shtini iste'mol qilib kelgani, ammo it go'shtini go'sht mahsuloti sifatida biron bir shaxsga sotmagani va topshirmagani aniqlangan.

Unga nisbatan MJTKning 110-moddasi 1-qismi va 111-moddasi 1-qismi asosida ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here