Ashraf G'ani iste'foga chiqmagunga qadar Afg'onistonda tinchlik bo'lmaydi — “Tolibon”

0

“Tolibon” hokimiyatni monopoliyalashtirish niyatida emas. Ammo muzokaralar asosida Qobulda yangi hukumat tuzilmaguncha va Prezident Ashraf G'ani iste'foga chiqmagunga qadar Afg'onistonda tinchlik bo'lmaydi. Bu haqda bugun, 23 iyul kuni harakat matbuot kotibi Suxayl Shohin ma'lum qildi.

“Men shuni aniq aytmoqchimanki, biz hokimiyatni monopoliyalashtirishga ishonmaymiz, chunki ilgari Afg'onistonda hokimiyatni monopollashtirishga urinib ko'rgan har qanday hukumatlar muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan. Shunday qilib, biz ushbu formulani ishga tushirishni xohlamaymiz”, deydi Shohin.

Shuningdek, harakat matbuot kotibi yaqinda Qatarda bo'lib o'tgan “Tolibon” va Afg'oniston hukumati o'rtasidagi muzokaralarni yuqori baholagan. Shu bilan birga, Shohin “Tolibon” nomidan Qobulning o't ochishni to'xtatish haqidagi takroriy chaqiruvlariga rad javobini bergan hamda Prezident G'ani hokimiyatdaligida bu ilojsizligini ta'kidlagan.

Qayd etish kerakki, Suxayl Shohin nafaqat “Tolibon” matbuot kotibi, balki harakatning muzokaralar guruhi a'zosi hamdir. U Afg'oniston Prezidentini “urush o'tini yoquvchi”, deb atagan va Afg'onistondagi so'nggi prezidentlik saylovlarida firibgarlik bo'lganini ta'kidlagan.

Ma'lumot uchun, Afg'onistondagi 2019 yilgi prezidentlik saylovlarida amaldagi Prezident Ashraf G'ani 50,64 foiz ovoz to'plab g'alaba qozongan. O'z navbatida, G'anining eng yaqin ta'qibchisi hisoblangan Abdulla Abdulla saylov jarayonlarida Ashraf G'anining foydasiga ko'plab qalbakilashtirishlar bo'lganini ta'kidlagan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here