Germaniya va Ukraina to'g'risidagi kelishuvlar e'lon qilindi

0

Germaniya AQSh bilan muzokara o'tkazgan. Yakuniy qarorga ko'ra, Rossiya energiyani qurol sifatida ishlatmoqchi bo'lsa yoki Ukrainaga qarshi harakat boshlasa, Germaniya chora ko'rishga majbur bo'ladi.

Bu haqda Ukraina davlat axborot agentligi AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Viktoriya Nulandga asoslanib xabar berdi.

Nulandning ma'lum qilishicha, Rossiya tomonidan “qonunbuzarliklar” sodir etilsa, Germaniya milliy darajadagi choralarni ko'radi. Qolaversa, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning energetika sohasida Yevropaga eksport qilish imkoniyatlarini cheklash bo'yicha sanksiyalar qo'llashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, avvalroq AQSh va Germaniya hukumatlari o'rtasida “Shimoliy oqim 2” loyihasini yakunlash to'g'risida kelishuvga erishilgan edi.

Tomonlar yaqin kelajakda Ukrainaning gaz uchun tranzit davlat bo'lib qolishini ta'minlashga qaratilgan tegishli memorandumni rasmiylashtirishi kutilmoqda.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here