Rashk sabab xotinini o'ldirdi

0

Namangan viloyati Norin tumanida erkak o'z xotinini o'ldirdi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, shu yil 23 iyul kuni 41 yoshli erkak 34 yoshli xotinining chevarxonasiga mast holatda borgan. U yerda erkak xotiniga “nega boshqa yigitlar bilan telefonda gaplashyapsan” deb pichoqlab tashlagan. Ayol shifoxonada vafot etgan.

Erkakka nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. U hibsga olingan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here