Qosh qo'yaman deb, ko'z chiqarishibdi.

0

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Denov tumani Oqtom mahallasida tuman IIB xodimlari fuqaroni urib, o'ldirib qo'ygani haqida xabar bergandik.

Fuqaro Hasan Xushmatov mast holda uyida janjal qilganidan keyin ukasi tomonidan chaqirilgan tuman IIO FMB profilaktika inspektori va uning ikki nafar yordamchisi uni avtomashinaga o'tkazib, tuman IIBga olib ketishadi.

Yo'lda profilaktika inspektorining yordamchilari H. Xushmatovni bir necha bor urib, unga tan jarohati yetkazadi va fuqaro 11 iyul kuni shifoxonada vafot etadi.

Holat bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilib, 2 nafar inspektor yordamchilari qamoqqa olingandi.

Surxondaryo viloyati prokuraturasiga ko'ra, ushbu jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari tamomlanib, ayblov xulosasi viloyat sudiga yuborilgan.

Denov tuman IIB profilaktika inspektori S.P.ga nisbatan JKning 206-moddasi 1-qismi va 208-moddasi bilan ayblov e'lon qilinib, unga nisbatan munosib xulq-atvorda bo'lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here