XXR Afg'onistonga moddiy va tibbiy yordam beradi

0

Xitoyning Kobuldagi elchisi Afg'onistonning qochqinlar va vatanga qaytganlar ishlari bo'yicha vaziri vazifasini bajaruvchi Xalil ar-Rahmon Haqqoniy bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida moliyaviy va tibbiy yordam ko'rsatilishini ma'lum qildi.

19 sentyabr kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda Xitoy elchisi Van Yu dastlab Xitoy Afg'oniston bilan xamkorlik qilishga hamda zudlik bilan yordam ko'rsatishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Uning va'da qilishicha, Xitoy 15 million dollar va koronavirusga qarshi 3 million doza vaksina yetkazib beradi.

Shuningdek, havo harorati pasaygunicha Xitoy tomoni Afg'onistonga 5 million dollarlik qishki kiyim-bosh va issiq ko'rpa-to'shaklar, hamda 10 million dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi.

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here