Qozog'iston fuqarosi 5 kishini otib tashladi

0

Voqea Olma-Ota shahrida uyi buzilishi kerak bo'lgan aholini ko'chirish chog'ida sodir bo'lgan. Shahar politsiya departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Oqbuloq mikrorayonida istiqomat qiluvchi 54 yashar erkak aholini ko'chirish to'g'risidagi qaror bilan kelgan sud ijrochilariga qarata o'q uzgan.

Hodisa oqibatida Sud ijrochilari, favqulodda holatlar departamenti hodimi jabrlangan, 2 nafar politsiya ofitseri — kapitan va mayor halok bo'lgan. Ov miltig'idan o'q uzgan fuqaro qo'lga olingan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here