Tolibon hukumatida yangi tayinlovlar

0

Ularni Madaniyat va axborot vaziri o'rinbosari Zabihullo Mujohid e'lon qildi.

Doktor Qalandar Ibod (birinchi rasm) Sog'liqni saqlash vaziri lavozimiga, Nazar Muhammad Motmaen (ikkinchi rasm) Olimpiya qo'mitasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Sog'liqni saqlash vazirining birinchi o'rinbosari – doktor Abdul-Bari Umar.

Sog'liqni saqlash vazirining ikkinchi o'rinbosari – doktor Muhammad Hasan G'iyosi.

Bundan tashqari, Panjsher viloyatidan biznesmen Nuriddin Azizi Savdo vaziri lavozimiga, uning o'rinbosari etib esa Bag'lon viloyatidan tadbirkor Muhammad Bashir tayinlandi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here